Ishlayotgan shaxs uchun yashash ruxsatini olish arizasi (TTOL)
Bizga fin, shved va ingliz tilida murojaat qilishingiz mumkin.
Bu sahifa boshqa tilda mavjud boʻlsa-da, barcha zaruriy hujjatlar va ilovalarni fin, shved yoki ingliz tilida topshirishingiz lozim.
Yashash ruxsatini olish arizasiga quyidagi ilovalarni biriktiring:
Zarur hollarda, bu ilovalarni tarjima va legalizatsiya qildiring.
- Yaroqli pasport (pasportni yashash ruxsatini olish arizasini topshirganingizga taqdim qilishingiz kerak)
- Politsiya tomonidan chiqarilgan suratga oid koʻrsatmalar yoki siz suratxonadan (OLEL_PK) qabul qilgan suratni olish kodiga mos keluvchi pasport formatidagi surat
- Pasportning shaxsiy maʼlumotlar aks etgan sahifasi va qaydlarga ega barcha sahifalarining rangli koʻchirma nusxasi
- Siz ariza topshiradigan davlatda qonuniy ravishda boʻlib turganingizni koʻrsatuvchi hujjat
- MP_1 shakli (agar siz allaqachon Finlandiyada boʻlsangiz va birinchi marta yashash ruxsatini olish uchun ariza berayotgan boʻlsangiz)
Ish beruvchingiz arizangizni toʻldirishi kerak
Enter Finland platformasida arizangizni yuborganingizdan keyin, ish beruvchingiz Enter Finland for Employers (Ish beruvchilar uchun Enter Finland) xizmati orqali mehnat shartlari va boshqa zaruriy hujjatlarni arizangizga qoʻshishi kerak. Ish beruvchingiz qanday maʼlumotlarni kiritishi va qanday hujjatlarni ilova qilishi kerakligini tekshirish uchun Mehnat shartlarini toʻldirish sahifasiga qarang.
Ish beruvchilar uchun Enter Finland xizmatidan foydalana olmaydigan ish beruvchi “Mehnat shartlari”ning qogʻoz shaklini toʻldirishi mumkin. Bu holatda, siz ushbu shaklni Enter Finland platformasidagi arizangizga ilova qilishingiz kerak.
Agar yashash ruxsatini olish arizasini qogʻoz shaklida topshirayotgan boʻlsangiz, ish beruvchingiz tomonidan toʻldirilgan “Mehnat shartlari” shaklini arizangizga ilova qiling.